Ronaldu “arabcha futbol”ga chidolmayapti
Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turida “An-Nasr jamoasi “Al-Feyxa”ga qarshi o‘tkazilgan safar uchrashuvida ochko yo‘qotdi. Krishtianu Ronaldu golli seriyasini davom ettira olmadi. O‘yin golsiz durang bilan yakunlandi.
O‘yindan keyin portugaliyalik yulduz raqib hujumchisi bilan toptishib qoldi.
“Futbol o‘ynashni istamaysanlarmi?”, dedi Ronaldu raqib jamoa taktikasini tanqid qilgan holda. Keyin futbolchi tezda kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Hozircha, “An-Nasr” jamoasi 23 ta uchrashuvda 53 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. Ronaldu jamoasi chempionat peshqadami “Al-Hilol”dan uch ochkoga ortda qolyapti.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham "An-Nasr" o‘yinchisi hisoblanadi. Legionerimiz jamoaga Krishtianu Ronaldu kelganida unga 7-raqamni bo‘shatib bergan edi.



Fikrlar