
Ronaldu Angliyadagi hashamatli uyini sotmoqda
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Manchesterning Cheshir qishlog‘ida joylashgan hashamatli uyini sotmoqda. Ko‘chmas mulk agenti Jekson Stops bu masala bilan shug‘ullanadi. U uyni "zamonaviy dizayn namunasi" deb ta’rifladi.
"Goal" nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu uy uchun 5,5 million funt (taxminan 6,25 million evro) oladi.
Uy haqiqatan ham hayratlanarli bo‘lib, uning hatto o‘z kinoteatri ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu noyabr oyida "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilgandi. Ayni damda portugaliyalik hujumchi "An-Nasr" safida to‘p tepmoqda.
Fikrlar