
Ronaldu "An-Nasr"ning tabrigiga javob qaytardi
Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al-Xalij"ga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Uchrashuvdan so‘ng "An-Nasr" klubi o‘zining yulduz hujumchisini jamoa safida 100 gol+pas amalga oshirgani bilan tabrikladi. Ko‘p o‘tmay, 39 yoshli Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda javob yozdi:
"An-Nasr" uchun 100 gol+assist amalga oshirish ajoyib! Bu yutuqqa erishishda yordam berganlarning barchasiga rahmat!" — deb yozdi Ronaldu.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" safida 95 samarali harakat (gollar va golli uzatmalar) amalga oshirgan. Bu tafovut norasmiy musobaqalardagi natijalar hisobga olinganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ronalduning Riyod klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar