Ronaldu "An-Nasr"ning kechagi o‘yinidan so‘ng nimalar dedi?

  • 18 fevral, 2023, 15:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining 17-turida "An-Nasr" o‘z maydonida "At-Ta’vun" bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, 40 ochko jamg‘argan holda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Tecno

Bellashuvda Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari Abdurahmon G‘arib va ​​Abdulla Maduganing kiritgan gollariga uzatma berdi. 38 yoshli portugaliyalik o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Muhim 3 ochkoga ega bo‘ldik va hozirda chempionat turnir jadvalida 1-o‘rindamiz. Jamoaviy o‘yinimiz hisobiga g‘alaba qozondik", - deb yozadi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!