Ronaldu “An-Nasr”ga yangi futbolchi topdi

  • 10 iyul, 2023, 14:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" yulduzi Krishtianu Ronaldu "Portu" yarim himoyachisi Otavioni o‘z jamoasiga qo‘shilishini istamoqda. Bu haqda "A Bola" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning malum qilishicha, Krishtianu yarim himoyachiga shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilgan va uni jamoasiga taklif qilgan. "An-Nasr" rahbariyati o‘z navbatida futbolchi uchun 40 million evro to‘lashga tayyor. Otavioning "Portu" bilan 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan shartnomasi bor.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik xavbek o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!