Ronaldu Ali Daiga etib oldi. Eronlik futbol afsonasi bu haqda nima deydi?
Eron terma jamoasining sobiq hujumchisi Ali Dai Krishtianu Ronalduning rekordi haqida fikr bildirdi.
36 yoshli portugaliyalik futbolchi kecha “Evro-2020”ning guruh bosqich so‘nggi turida Frantsiyaga qarshi o‘yinida dubl qayd etib (2: 2), milliy terma jamoada kiritilgan gollar soni bo‘yicha Ali Daiga etib oldi.
“Yangi rekord o‘rnatish uchun bitta gol qolgani bilan Ronalduni tabriklayman. Ushbu yutuq Krishtianuga tegishli ekanligidan faxrlanaman. U odamlarga ilhom beradigan va butun dunyo bo‘ylab hayotga ta’sir ko‘rsatadigan buyuk chempion va insonparvar. Olg‘a!”, - deb yozdi eronlik futbolchi o‘zining instagramdagi sahifasiga.
Hozirda ikkala futbolchida ham milliy terma jamoada kiritgan gollari soni 109 tani tashkil etadi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, navbatdagi gol Ronalduni mutlaq rekordchiga aylantiradi.



Fikrlar