
Ronaldo o‘z qo‘l ostidagi La Liga klubini sotmoqchi
Braziliya futboli afsonasi Ronaldo Nazario "Real Valyadolid" klubini sotib yubormoqchi.
"Cadena SER" nashrining xabar berishicha, braziliyalik sobiq hujumchi ispan klubini sotish bo‘yicha ishlarni bir necha hafta oldin boshlagan. Manbaning yozishicha, Ronaldo va klubning yangi egasi jamoa sotilganini may oyida rasman e’lon qilishni kelishib olishgan, shuning uchun xaridor nomi hali ochiqlanmagan. Ma’lum qilinishicha, kelishuvning taxminiy qiymati 40 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Nazario "Valodolid"ga 2018 yildan beri egalik qiladi. Uning boshqaruvi davrida jamoa ikki martta La Ligadan tushib ketdi. Hozirda klub Ispaniya chempionatida 32 turdan so‘ng 16 ochko to‘plagan holda so‘ngi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar