Ronaldino yana qamoqqa ravona bo‘ladigan...

  • 25 avgust, 2023, 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida katta iz qoldirgan braziliyalik yulduz Ronaldino yana qamoqqa olinishi mumkin.

Tecno

Sport nashrining xabar berishicha, sobiq futbolchi bu gal firibgarlikda ayblanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldinoga tegishli “18kRonaldinho” kompaniyasi o‘z mijozlariga agar ular virtial valyutalar hisobidan eng kamida 30 dollardan sarmoya kiritsa, kunlik ikki foizdan ustama berilishiga va’da qilgan.

To‘lovni amalga oshirgan mijozlarning hech biriga to‘lov qilinmadi. Endi ular kollektiv tarzda futbolchining kompaniyasini sudga berdi va jami 61 million dollardan ko‘proq miqdorda moddiy va ma’naviy zarar undirib berilishini talab qilyapti.

O‘z navbatida, Ronaldino vakillari futbolchining o‘zi nomi va imidjidan noqonuniy foydalanib,  uni chuv tushurgan firibgarlardan katta ziyon ko‘rganini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!