Romano: Zidan Frantsiya terma jamoasida ish boshlashi mumkin
Yaqindagina Zinedin Zidan tez orada uning yangi ish joyi ma’lum bo‘lishini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng 53 yoshli murabbiy Frantsiya terma jamoasini boshqarishi haqidagi xabarlar ko‘payib ketdi. Insayder Fabritsio Romano ham buni tasdiqladi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassis Jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasida ish boshlashi mumkin. Dide Desham ketganidan keyin uning o‘rniga asosiy dav’ogar bu Zidan, deya xabar berdi Romano.
Zinedin so‘nggi bor "Real Madrid"da 2021 yili ishlagandi. Shundan so‘ng u hech qaysi klub, yoki terma jamoani boshqargani yo‘q.



Fikrlar