“Roma”ga qimmatga tushgan bahsda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 11 oktabr, 2022, 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” joriy mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. “Bo‘rilar”ning xalqaro maydondagi ishtiroki esa, muvaffaqiyatli chiqmayapti va Joze Mourino shogirdlari Evropa ligasining uchta uchrashuvidan ikkitasida mag‘lubiyat alamini tatib ulgurdi.

Eng katta muammo – asosiy tarkib o‘yinchilarining ko‘p jarohat olayotganida. Mourino A Seriya klublari bosh murabbiylari orasida eng kam futbolchilardan foydalanayotgan mutaxassis hisoblanadi.

Balki aynan mana shu jihat, etakchi o‘yinchilarning shikastlanishiga sabab bo‘layotgandir. Birinchi davra o‘rtasiga yaqinlashgan pallada poytaxtliklar safida Stefan El-Shaaravi, Marash Kumbulla, Nikolo Dzanolo, Lorentso Pellegrini, Jorjino Veynaldum, Paulo Dibala lazaretga olindi. Ulardan ayrimlari hamon davolanishda.

GettyImages-1432014457

A Seriyaning to‘qqizinchi turida “Lechche” ustidan qozonilgan g‘alaba rimliklarga ta’timadi. Jamoaning asosiy to‘purariga aylangan argentinalik yulduz penalti tepish paytida son mushaklarini shikastladi. Dibala bu yil maydonga qayta olmasligi aytilmoqda.

Italiya matbuoti, xususan https://www.calciomercato.com sayti “Roma” futbolchilarining “Lechche” bilan bellashuvdagi harakatlarini baholab chiqdi.

Ruy Patrisio 5.5:

Birinchi bo‘limning oxirlarida Gabriel Strefetstsaning zarbasini qaytara olmadi. Tajribali darvozabon keyingi paytda bu xatoni ko‘p takrorlayapti. Bir marta Federiko Di Francheskoning zarbasini bartaraf etdi.

Manchini 5.5:

Odatdagidek, oxirgacha kurashishga harakat qildi. To‘qnashuvlardan cho‘chimadi.

Smolling 6,5:

Kris superyulduz. Angliyalik gigant yana gol urdi. Raqib jarima maydonchasiga yurishi muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. Lekin o‘tkazilgan to‘pda uning ham aybi bor.

Ibanes 6:

Braziliyalik futbolchi harakatlarini erta pasaytirdi. Ikkinchi bo‘limda faol o‘ynashga harakat qildi.

Zalevski 6.5:

“Lechche”ning nozik nuqtalarini qidirgan Nikola ikki marta zarba berdi. Biroq, to‘p raqib posboni Vladimiro Falkonening o‘lchasiga aylandi.

Kristante 5.5:

Brayan yaxshi boshlaganiga qaramay, keyinchalik Gabriel Strefetstsi va Assan Sisseyga etarli qarshilik qilolmadi.

Pellegrini 6.5:

Lorentso maydondagi rejissyor. Birinchi gol urilgan vaziyatda ajoyib pas bilan Smollingni aniq topdi.

Vina 5.5:

Ishonchni u qadar oqlay olmadi. Tanaffusdan keyin o‘rnini Spinatstsolaga bo‘shatib berdi.

Spinatstsola 6:

Maydonga tushib, darrov penaltiga sababchilardan bo‘ldi. Har holda o‘yini besamar ketmadi.

Dzanolo 5:

Odatdagidek, rosa ko‘p harakat qilgani bilan ko‘p vaziyatlarni barbod qildi. Tanaffusdan keyin Abraxamga joy bo‘shatdi.

Abraxam 6:

Uchta vaziyatni yo‘qqa chiqardi.

Dibala 7:

Dibalaning darajasi sheriklarinikidan balandligi ko‘rinib turibdi. Penaltidan g‘alaba to‘pini kiritdi, lekin butun “Olimpiko”ni xavotirga soldi. 50-daqiqada o‘rnini Matichga bo‘shatdi.

Matich 6:

Murakkab vaziyatlarda ishonchli o‘ynadi. Tajribasi ish berdi.

Belotti 5.5:

Raqib futbolchisi Morten Yulmandning maydondan chetlatishiga sababchi bo‘ldi. Imkoniyatidan past o‘ynadi. 77-daqiqada o‘rnini Shomurodovga bo‘shatib berdi.

imgonline-com-ua-resize-j2jnklshqnuu-950x580

Shomurodov 6:

O‘yinga yaxshi qo‘shildi. To‘pni maydon markazida egallab olib, raqib jarima maydonchasigacha katta tezlikda bordi va kuchli zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. O‘ziga berilgan bir necha daqiqadan unumli foydalanishga harakat qildi.

Mourino 6:

“Lechche” Mourinoni qiynadi. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qilish orqali g‘alabani ushlab qolishga erishdi. Oxirigacha xavotirda o‘tirdi.

Mourino Shomurodovni nega o‘ynatmayotgani ma’lum bo‘ldi

Shomurodov, tayyorlan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!