"Roma" Yanuzayni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Rimning “Roma” klubi “Real Sosedad” yarim himoyachisi Adnan Yanuzayning transferi masalasida muzokaralarni boshlab yubordi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bo‘rilar” 24 yoshli belgiyalik futbolchini keyinchalik 12 mln evroga to‘liq sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. O‘z navbatida basklar Adnanni 800 ming evro evaziga keyinchalik sotib olish huquqisiz ijaraga berishni xohlashmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Roma” Yanuzayni jarohat olib yarim yilga safdan chiqqan yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo o‘rniga munosib ko‘rmoqda.



Fikrlar