“Roma” va Shomurodovdan 18 ta fakt!

  • 22 yanvar, 2022, 09:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” Italiya kubogining nimchorak finalida “Lechche” ustidan 3:1 hisobida zafar quchib, bosh sovrin uchun yurishni davom ettiradigan bo‘ldi. Joze Mourino shogirdlari keyingi bosqichni Milan shahrida o‘tkazadi. 

Tecno

esult_gol_-Shomurodov_AB03068-1-758x505

9 fevralga mo‘ljallangan chorak final uchrashuvida rimliklar amaldagi Italiya chempioni "Inter" bilan raqobatlashadi. "Roma" so‘nggi bor 2007 va 2008 yillarda ikki marta Italiya kubogini qo‘lga kiritgan finallarda aynan "Inter" futbolchilaridan bosh sovrinni olib qo‘ygan edi.

Sports.uz portali e’tiboringizga Italiya kubogi doirasida “Roma” va Eldor Shomurodov tomonidan qayd etilgan faktni havola qiladi. Demak, ular bilan tanishamiz. 

  • Italiya kubogi turniri bundan roppa-rosa 100 yil muhaddam – “Roma” tashkil etilishidan oldin boshlangan.
  • 1927 yilda tashkil etilgan “Roma” Italiya kubogida ilk bor 1937 yili finalga chiqqan.
  • “Roma” jami 17 marotaba hal qiluvchi finalda maydonga tushgan.
  • Poytaxt klubi 9 marta kubokni qo‘lga kiritgan va bu borada 14 ta sovrinni o‘ziniki qilgan “Yuventus”dan keyin ikkinchi ko‘rsatkichga ega.

WCGAZ12_0K1E8A7A-593x443

  • Rimliklar 8 marotaba finalda imkoniyatni boy bergan.
  • - “Roma” so‘nggi bor 2008 yili Italiya kubogi sohibiga aylangan.
  • - “Roma” oxirgi marotaba 2013 yili finalda o‘ynab, “Latsio”dan mag‘lub bo‘lgan.
  • - Joze Mourino shogirdlari joriy mavsumda uchinchi bor irodali g‘alabaga erishdi. “Roma” Konferentsiyalar ligasida “TsSKA-Sofiya” (5:1), A Seriyada “Kalyari” (2:1) va Italiya kubogida “Lechche”ga (3:1) qarshi uchrashuvlarda birinchi gol o‘tkazib, bellashuv oxirigacha mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi.
  • -  “Roma” o‘z tarixida 15 marotaba Italiya kubogi doirasida 3:1 hisobini qayd etdi. Aynan mana shu hisobdagi ilk g‘alaba 1937 yili “Torino”ga, oxirgisi 2010 yilda “Triestina”ga qarshi bahsda kuzatilgan.
  • - Brayan Kristante “roma” sardori sifatida 15-uchrashuvini o‘tkazdi va bu borada Morneze va Da Kostaga tenglashib oldi.
  • - “Roma” ikki yildan beri chorak finalga chiqa olmayotgan edi. Rimliklar so‘nggi bor 2019-2020 yilgi mavsumda Lorentso Pellegrinining dubli evaziga “Parma”ni engib, nimchorak finaldan o‘tgan edi.
  • - “Roma” uch yildan beri Italiya kubogida “Olimpiko”da g‘alaba qozona olmayotgandi. So‘nggi bor uch yil muqaddam nimchorak finalda “Virtus Entella” Patrik Shikning dubli, Markano va Xaver Pastorening bittadan gol evaziga 4:1 hisobida taslim qilingan.
  • - Temmi Abraxam Rimdagi ilk mavsumida 29 ta uchrashuvda gollari sonini 15 taga etkazdi.
  • - Genrix Mxitaryan “bo‘rilar” safida 100-uchrashuvini o‘tkazdi. Yubiley bahsini bir juft golli pas bilan bezadi.
  • - Marash kumbulla 451 kun davom etgan golsiz seriyasiga barham berdi. Bu alban himoyachisining “Roma”ga kelganidan beri uchinchi goli bo‘ldi.
  • - Eldor Shomurodov “Roma” safida o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlar – A Seriya, Konferentsiyalar ligasi va Italiya kubogida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

4f5fbe53d8ad1b24046432d3970746d68c068733-4x3-x0y0w800h600

  • - Shomurodov legioner sifatida Italiya kubogida ikkita uchrashuv o‘tkazib, ularning har birida samarali harakatni amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda “Jenoa” safida “Sampdoriya”ga qarshi uchrashuvda golli pas bergan edi, bu gal “Roma” o‘yinchisi sifatida “Lechche” darvozasini ishg‘ol qildi.  
  • - Eldor o‘ynagan Italiya doirasidagi har ikki bellashuvda 3:1 natijasi qayd etilgan va hisobni raqib jamoalar ochgan.

O‘runovni rasmiy o‘yinlarda kutinglar!

Shomurodov o‘zgardi!

“Real” ikki futbolchisini "Roma"ga bermadi

“Yuventus” “Roma” hujumidan futbolchi oladi. U kim ekan?

Mourino avjida. U yana bir futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi!

“Roma” hujumchidan voz kechib, yangi futbolchi transferini e’lon qildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!