
“Roma” va Belotti shartnomasining “sirli tomoni” fosh bo‘ldi
Joze Mourino o‘zi orzu qilgan hujumchi – Andrea Belottini “Roma” safiga qo‘shib oldi. Rimliklarning italiyalik hujumchi bilan tuzgan shartnomasidagi bir band ko‘pchilik ekspertlarning e’tiborini tortdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Belotti klub bilan bir yillik shartnoma tuzgan va bu kelishuvni ikki yilga uzaytirish imkoni boryu
Rimning IL Tempo nashri agar Belotti yangi boshlangan mavsumning qolgan o‘yinlaridan 60 foizida qatnashsa, klub tajribali to‘purar shartnomasini avtomatik tarzda yana ikki mavsumga uzaytirish huquqini qo‘lga kiritishi haqida ma’lumot tarqatdi. Bunda futbolchining birtta uchrashuvda maydonda necha daqiqa harakat qilgani inobatga olinmaydi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Belotti mavsum oxirigacha qadar 21 ta uchrashuvda qatnashsa, klub uni ushlab turishiga imkoniyat ochiladi.
Fikrlar