“Roma” Shomurodovga yangi ish qidirmoqda!

  • 17 noyabr, 2022, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovning “Roma”dagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Joze Mourino qo‘l ostida ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan hujumchimizga hali biror marotaba ketma-ket bir necha o‘yinda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati berilmadi.

Tecno

Qishki transferlar mavsumi yaqinlashgan sari Italiya matbuotida Eldor Shomurodovning kelajagiga oid xabarlar ham ko‘payib boryapti.

1152a7694e4cbf91b44e037e958f7724-e1668026955428_1

La Gazzetta dello Sport nashri Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto Shomurodovni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborish uchun variantlar qidirayotgani haqida yozmoqda. Poytaxt klubi rahbariyati Shomurodovni to‘liq transfer qiladigan klubgagina berishini ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, Joze Mourino kelajakda ham o‘zbek futbolchisiga imkoniyat berishga shoshilmaydi. Eldor mavsum boshidan beri A Seriya va Evropa ligasida jami 151 daqiqa o‘ynadi. Bu hatto ikkita uchrashuvning to‘liq vaqtiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Temmi Abraxam, Paulo Dibala, Andrea Belotti, Stefan El-Shaaravi kabi hujumchilar jarohat olib safdan chiqqanda yoki sport formasida bo‘lmagan davrda ham murabbiylar shtabi Eldor Shomurodovga e’tibor qaratgani yo‘q.

Italiya futbolini yoritib borayotgan https://footballnews24.it nashri ekspertlari “Bolonya” rahbariyati yana Eldor Shomurodov variantiga qaytganini yozmoqda. Chunki ushbu klub hozir ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Jamoaning asosiy to‘purari Marko Arnautovich kelasi bahorda 34 yoshni qarshilaydi va yana bir yarim yildan keyin shartnomasi yakunlanadi.

“Bolonya”ga avstriyalik hujumchining o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi kerak. Bolonyaliklar yozda katta umid bilan “Bavariya” hujumchisi Joshua Zirkzeeni olgan edi. 21 yoshli forvardning Italiya futboliga moslashishi juda qiyin kechmoqda. Hozirgacha u barcha turnirlarda atigi ettita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi xolos.

Klub sport direktori Tyagu Pinto qishki transferlar vaqtida Joze Mourino kam foydalanayotgan futbolchilari sotib yuborishga qaror qilgan. Bu mutaxassis xaridorlar oldiga Eldor Shomurodov va Matias Vinyani to‘liq transfert qilishni talabini qo‘ymoqda.

Il Messaggero nashrining yozishicha, “Roma” rahbariyati bu yo‘l orqali ikki maqsad – g‘aznaga pul tushirish va yangi xaridlar uchun joy ochishni ko‘zlamoqda.

Transfer bozorini tahlil qilib borayotgan mutaxassislar Shomurodovga xaridor bo‘layotgan “Bolonya” va “Torino” kabi o‘rtamiyona jamoalar bu transferni amalga oshirishda bir muammoga duch kelishini ta’kidlamoqda.

Xuddi yozdagi kabi Rim klubi rahbariyati transfer uchun katta miqdorda badal puli talab qilishi kutilmoqda. Yozda Tyagu Pinto “Bolonya”ning 10 million evrolik taklifini qabul qilmadi. Poytaxtliklar Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million evro to‘langanini inobatga olib, xaridor tomondan 12-15 million evro talab qildi.

shoma-gol-neslishu

Bundan tashqari, Eldor Shomurodov va uning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar ham qishda qat’iy qarorlarni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. 27 yoshli hujumchining zaxirada qolib ketayotgani O‘zbekiston milliy terma jamoasining ziyoniga ishlaydi. Shunday ekan, Shomurodov ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun maqbul qarorlarni qabul qilishini kutib qolamiz.

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

Shomurodov “Atletiko”ga yordam ko‘rsatdi! (foto)

O‘zbekiston yutadimi yoki Qozog‘iston? Futbolchilar bahs boyladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yorqinbek
17/11/2022 07:01
Lekin Shomurodovga imkon berilsa oʻzini oqlaydi, Iqtidorli yigit