
“Roma” Ronaldu transferi bo‘yicha bayonot berdi
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Rimga kelishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Portugaliyalik yulduz qishki transferlar vaqtida “Manchester Yunayted”ni tark etish ehtimoli oshib borayotgani uchun ommaviy axborot vositalarida uni turli jamoalarga o‘tish imkoniyati muhokama qilinmoqda.
- Meni Italiyada hayron qoldirayotgan ishlardan biri shuki, doim transferlar haqida gap chiqadi. Har kuni shu muhokama qilinadi. Biz Portugaliyada transferlar haqida transfer oynasi ochilganidan keyin gaplashishga odatlanganmiz. “Roma” uchun Ronaldu hech qachon transfer nishoni bo‘lmagan, uni safimizga qo‘shib olmoqchi bo‘lganimiz haqidagi xabarlar haqiqatga asoslanmagan. Haqiqat shuki, Ronalduning transferi biz uchun imkonsiz.
Bunday gap-so‘zlarning men, Joze Mourino va Krishtianu Ronaldu portugaliyalik bo‘lganimiz uchun kelib chiqmoqda, deb qabul qilish mumkin, - dedi Tyagu Pinto.
Fikrlar