"Roma" Portugaliya terma jamoasi hujumchisi uchun 30 mln evro taklif qildi, biroq...

  • 7 iyun, 2022, 18:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya"ning hujumkor yarim himoyachisi Gonsalo Gedesh mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda bir qator ispan nashrlari xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Roma" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aynan rimliklar uni qo‘lga kiritishni istayotganlar orasida favorit bo‘lib turibdi.

Gedeshning “ko‘rshapalaklar” bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2024 yilda tugaydi, biroq hatto klubning rasmiy radiokanali Radio VFC ham portugaliyalik futbolchiga “Roma” va “Vulverxempton”dan qiziqish borligini ma’lum qildi. Kanal sharhlovchilaridan biri “Roma” “Valensiya”ga Gedesh uchun 30 million evro taklif qilganini, ammo “Valensiya” taklif qilingan summani juda kam deb hisoblaganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Gedesh o‘tgan mavsum “Valensiya” safida La Ligada 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!