"Roma" Mourinoni bu yo‘ldan qaytara olmaydi
Rimning "Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya terma jamoasi bilan shartnoma imzolashga tayyor, deb xabar berdi The Telegraph nashri. Mutaxassis bilan kelishuv 2024 yilning yoziga qadar hisoblab chiqiladi.
Oldinroq rimliklar rahbariyati uning bu shartnomani imzolashiga qarshi ekani xabar qilingandi. Shunga qaramay mutaxassis shu yozda jamoani tark etishni reja qilgan. Jozening "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, 1/4 finalda Portugaliya terma jamoasi Marokashga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. Portugaliya futbol federatsiyasi rasmiy ravishda Fernandu Santush bilan xayrlashgan.



Fikrlar