“Roma”: Katta transfer o‘xshamayapti!

  • 18 iyul, 2022, 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” va “Yuventus” 23 yoshli universal hujumchi Nikolo Dzanolo transferi bo‘yicha kelisha olmay qoldi.

Tecno

Turinliklar anchadan beri Italiya terma jamoasi o‘yinchisini o‘z safiga chorlab keladi va Dzanolo uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Nikola ham “Yuventus”ga o‘tish  istagini yashirmayapti.

“Roma” o‘z o‘yinchisini 50 million evro atrofida baholamoqda. “Yuventus” bu transferga o‘z o‘yinchilaridan birini qo‘shmoqchi. Tomonlar kelisha olmay turgan yagona masala aynan transfer to‘lovi shaklidir.

Rim klubi mutaxassislar turinliklar pulni to‘liq to‘lash orqali hisob-kitob qilinishini istayapti.

Dzanoloning poytaxt klub bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. O‘tgan mavsumda u jami 42 ta uchrashuvda qatnashib, sakkizta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!