
"Roma" etakchilaridan biri O‘runovning jamoadoshiga aylanishni istamadi
“Roma” yarim himoyachisi Diego Perotti “Spartak”ning taklifini rad etdi.
“Match” TV tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchining agenti Gabriele Juffrida mijozining manfaatlarini himoya qilib, rus klubining taklifiga rad javobini bergan.
Diegoga “Fenerbaxche”dan ham taklif bo‘lgan, ammo u Moskva klubiga o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq “Spartak”ning taklifi uni qanoatlantirmagan.
32 yoshli Perotti o‘tgan mavsum “Roma” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar