“Roma” Dibalani "bog‘lab" olgan
La Gazzetta dello Sport nashri “Roma” klubi va argentinalik hujumchi Paulo Dibala o‘rtasidagi shartnomaning o‘ziga xos bandi borligini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, rimliklar “Yuventus”ning sobiq futbolchisi bilan bitim tuzganida uning badal pulini 20 million evroga baholagan. Biroq, kelishuvning bu bandi faqat xorij klublari uchun amal qiladi.
Bundan kelib chiqadiki, Italiyaning biror klubi Dibalani bu summaga xarid qila olmaydi.
Yana bir muhim jihat shundaki, xorij klubi Dibalani qo‘lga kiritishi bilan uning maoshi 6 million evrodan kam bo‘lmasligi ham ko‘rsatib o‘tilgan.



Fikrlar