
"Roma" De Rossining faoliyatini yakunlaganiga qanday munosabat bildirdi? (video)
"Roma" klubi kecha futbolchilik faoliyatini yakunlagan sobiq sardori Daniele De Rossiga atab maxsus videorolik tayyorladi.
“Mutlaqo fantastik faoliyat o‘z yakuniga etmoqda. Ajoyib xotiralar uchun rahmat, Daniele”, - deb yoziladi rimliklar matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Ma’lumot uchun, De Rossi 2002-2019 yillarda “Roma” sharafini himoya qilgan. U ushbu davr mobaynida jami 616 ta o‘yinda maydonga tushdi va 63 ta gol hamda 54 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning so‘nggi jamoasi Argentinaning “Boka Xuniors” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar