"Roma" bugun yana bir turkiyzabon futbolchining transferini e’lon qilishi kutilmoqda

  • 20 iyun, 2022, 14:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Il Tempo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Lill” himoyachisi Zeki Chelikning “Roma”ga kutilayotgan transferi yakuniy bosqichga chiqqan.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 25 yoshli Turkiya terma jamoasi a’zosining transferi bugunning o‘zida hal qilinishi mumkin. Gap shundaki, "Roma" va "Lill" klublari o‘rtasida juda yaxshi do‘stona munosabatlar mavjud. Bundan tashqari, "Lill" xo‘jayini Alessandro Barnaba va “Roma” xo‘jayini Den Fridkinning o‘zaro do‘stligini inobatga olgan holda, Chelikning transferi 7 million evro evaziga xarid qilinishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Zeki Chelik yakunlangan mavsum “Lill” safida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!