“Roma” bizning futbolchini olmoqchi!

  • 11 iyun, 2022, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati vakili “Valensiya” rahbariyati jamoa o‘yinchisi Gonsalu Gedeshga “Roma”dan taklif bo‘layotganini tasdiqladi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, Joze Mourino klub rahbariyatidan kelasi mavsum oldidan tarkibga “Valensiya”ning 25 yoshli hujumkor futbolchisini olib kelishni talab qilmoqda. Rim klubi bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu transferga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Klub rasmiy taklif yuborishga ham urindi. Ular “Valensiya”ga o‘yinchi uchun 30 million evro taklif qildi, biroq bu summa ispanlarga ma’qul kelmadi.

Ayni paytda “Roma” Gedeshning transferiga asosiy tarkibga kira olmayotgan o‘yinchilardan  Amadu Diavara va Gonsalo Vilyarni qo‘shishga harakat qilyapti.

Gedeshning o‘zi jamoasini o‘zgartirishga moyil bo‘lib turibdi. Bu transferga “Roma”ni Joze Mourino boshqarayotgani ham ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Gonsalu Gedesh yakunlangan mavsumda 42 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 13 ta to‘p kiritdi va oltita samarali uzatmani amalga oshirdi.

452785

“Roma” o‘yinchisi Frantsiyada qolmoqchi

O‘tgan mavsumda ijara asosida “Nitstsa”da o‘tkazgan “Roma” hujumchisi Jastin Klyuyvert faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.

Aslida “Nitstsa” Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, niderlandiyalik o‘yinchining transfer huquqini to‘liq sotib olishni rejalashtirgan edi. Lekin amalda bu klub nufuzli musobaqadan chetda qoldi. Endi “Nitstsa”ga Klyuyvertni 14 million evroga xarid qilish og‘irlik qilmoqda.

Shunga qaramay, “Roma” futbolchisiga Frantsiyaning o‘zidan jiddiy da’vogarlar chiqdi. Xususan, “Monako” va “Marsel” Jastini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Klyuyvert mavsumda 31 ta o‘yinda kiritilgan oltita gol va oltita assist bilan yakunladi.

27ec1c

“Roma” futbolchisiga yangi xaridor chiqdi

Kelasi mavsumni A Seriyada o‘tkazadigan “Kremoneze” klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida “Roma”dan o‘yinchi olmoqchi.

Bu klub poytaxtlik “bo‘rilar” vakili Edoardo Boveni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Ular 20 yoshli yarim himoyachini mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi.

Bu transferni amalga oshirish uchun rimliklar sport direktori Tyagu Pinto jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan maslahatlashib olishi kerak bo‘ladi. Chunki portugaliyalik mutaxassis kelasi mavsum Bovega ko‘proq o‘yin amaliyoti berishini aytgan.

Edoardoning klub bilan amaldagi shartnomasi yana uch mavsum davom etadi. Iste’dojdli o‘yinchi chempionatda 11 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta aniq zarba yozdirib qo‘ydi.

afp_en_e67607f32d3ba6b385f13ec10d0429d8b804cb02

“Roma” futbolchisi Angliyaga ketmoqchi

“Roma” himoyachisi Rojer Ibanes 2020 yili Rimga kelganidan keyin o‘yin borasida katta o‘sishga erishdi. Bungungi kunda 23 yoshli futbolchi Mourino jamoasining asosiy figuralaridan sanaladi.

Italiya va Braziliya pasportiga ega o‘yinchini bir necha klub o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Calciomercato.com saytining xabariga ko‘ra, Angliya premer-ligasi vakillaridan “Tottenxem”, va “Nyukasl” Ibanesni transfer qilishni mo‘ljallamoqda.

“Roma” Ibanesni qo‘yib yuborishga tayyor. Klub sport direktori Tyagu Pinto bu transferni 30 million evroga baholagan.

Ibanes rimliklar uchun muvaffaqiyatli yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilishga ham erishdi.

1640718378_roger

Shomurodov Beyl bilan birga o‘ynashi kutilmoqda!

Shomurodovning bu ishini Mourino hech qachon unutmaydi!

To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!