“Roma” bir o‘ringa to‘rt futbolchi tanladi

  • 30 noyabr, 2022, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourino topshirig‘iga ko‘ra, Rik Karsdorp o‘rniga yangi markaziy himoyachi qidirmoqda.

Tecno

Italiya matbuotining yozishicha, eng optimal variant sifatida “Sampdoriya” futbolchisi Bartosh Berishinski nomzodi tilga olinmoqda.

Polshalik futbolchi ayni paytda jahon chempionatida ishtirok etyapti.

Tyagu Pintoning ro‘yxatidan “Real”da o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan Alvaro Odriosola, “Barselona”da ancha qiyinchilikka duch kelgan Ektor Belerin, “Valyadolid”ning 18 yoshli himoyachisi Ivan Fresneda ham joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!