"Roma" "Betis"ning ikki nafar futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 30 iyun, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi "Betis"ning ikki nafar futbolchisiga qiziqib qoldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra gap darvozabon Pau Lopes va himoyachi Mark Bartra haqida ketmoqda. Ispan klubi esa ushbu futbolchilarni faqatgina shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan tovon puli evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, Lopesning tovon puli 30, Bartraniki esa 60 mln evroni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra rimliklar 24 yoshli darvozabon uchun 20 mln, 28 yoshli himoyachi uchun esa 25 mln evro taklif qilishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!