"Roma" Benites nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 1 iyun, 2019, 10:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" klubi bosh murabbiyi Rafael Benites yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 59 yoshli ispaniyalik mutaxassisga "Roma" klubidan jiddiy qiziqishlar mavjud. Rimliklar Klaudio Raneridan bo‘shaydigan lavozimga aynan Benites nomzodini ham ko‘rib chiqishmoqda.

O‘z navbatida Benites “Nyukasl” rahbariyati bilan amaldagi shartnomani uzaytirish masalasida kelishuvga erisha olmayapti va u ushbu taklifni o‘rganib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Benites uchun A Seriya begona emas. Boisi, u faoliyati davomida “Inter” va “Napoli” kabi italyan klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!