"Roland Garros". Ikkinchi yarim finalchi nomi ma’lum

  • 7 oktabr, 2020, 13:00
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Roland Garros" turnirida chorak final bosqichining navbatdagi kun bahslari o‘tkazildi.

Tecno

Musobaqaning amaldagi g‘olibi Rafael Nadal ushbu bosqichda ham ortiqcha qiyinchilikka uchramay, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. Italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqqan Nadal 3 setda g‘alaba qozondi: 7:6(7:4), 6:4, 6:1.

E’tiborlisi, ispaniyalik tennis ustasi ushbu g‘alabasi orqali "Roland Garros"dagi o‘zining 98-g‘alabasini nishonladi. Uning hisobida esa 100 ta o‘yin mavjud. Shuningdek, u 13-bor yarim final bosqichiga etib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!