Rodrigoni birdaniga oltita klub talashmoqda

  • 5 dekabr, 22:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning birdaniga oltita top klubi "Real" vingeri Rodrigoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 

Tecno

"TEAMtalk" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, braziliyalik futbolchining transferini "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi", va "Tottenxem" klublari ko‘rib chiqmoqda. Rodrigo ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Bunga sabab mundial oldidan futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni maqsad qilgan. Ammo "qirollik klubi" braziliyalikni qo‘yib yuborish niyatida emas. Shuning uchun bu transferni qishda amalga oshirish qiyin bo‘ladi. "Real" vingeri ortidan kamida 80 million evro ishlab olmoqchi. APL klublari vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. 

24 yoshli futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 80 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo joriy mavsum Xabi Alonso qo‘l ostida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!