
Rodrigo: "Neymar menga terma jamoadan ketayotganini aytdi"
Braziliya terma jamoasi va "Real" klubi vingeri Rodrigo Neymar haqida gapirib o‘tdi. Aytishicha, u tez orada terma jamoadan ketishini ma’lum qilgan.
"Neymar menga terma jamoadan ketayotganini aytdi. Undan qolgan 10-raqam esa menga berilishi ko‘zda tutilgan ekan.
Men hech nima deya olmadim. Hijolat bo‘ldim, kula boshladim. Ammo gapirishga juratim etmadi.
Keyin men u hali o‘ynashi kerakligi, hozir jamoadan ketmasligini istashimni aytdim. Shundan so‘ng u kulib yubordi", - dedi "Real"ning o‘ng qanot hujumchisi.
Eslatib o‘tamiz, Neymardan oldin Braziliya terma jamoasining 10-raqamli libosi ostida Pele, Ziko, Rivaldo va Ronaldino kabi afsonalar harakat qilgan.
Fikrlar