Rodrigo Anchelottining futbolchilarga qanday munosabatda bo‘lishi haqida gapirdi

  • 12 mart, 14:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real Madrid” hujumchisi Rodrigo “Atletiko Madrid”ga qarshi javob bellashuvidan avval jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining futbolchilarga qanday munosabatda bo‘lishini haqida gapirdi. 
 
“Karlo hammaga yaxshi munosabatda bo‘lishga harakat qiladi va biz bilamizki, uning pozitsiyasida bunday katta o‘yinchilar guruhini boshqarish qiyin. Lekin u baribir hammaga yaxshi, hurmat bilan munosabatda bo‘ladi va muvozanatni saqlashga harakat qiladi” - dedi braziliyalik yulduz. 

Carlo Ancelotti, head coach of Real Madrid, talks to Rodrygo Goes of Real Madrid during the UEFA Champions League 2024/25 League Knockout Play-off...
 
Ma’lumot o‘rnida, bugun italiyalik mutaxassis boshchiligidagi “qirollik klubi” UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi javob bellashuvida “Atletiko”ga qarshi maydonga tushadi. Ilk to‘qnashuvda “qaymoqranglilar” “matraschilar” ustidan 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!