
Robino yana Evropaga qaytdi
Braziliyalik mashhur hujumchi Robino yana faoliyatini Evropada davom ettiradigan bo‘ldi.
“Atletiko Mineyro” bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan 33 yoshli futbolchi Turkiyaning “Sivasspor” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Robino o‘tgan mavsum Braziliya chempionatida jami 30ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi sobiq a’zosi o‘z vaqtida “Real” hamda “Milan” kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar