
Roberto Bautista-Agut ilk ochkoni keltirdi
Ispaniyalik tennischi Roberto Bautista-Agut "Devis kubogi"ning final bosqichi guruh o‘yinlarida terma jamoasiga ilk ochkoni keltirdi.
Mazkur musobaqada Ispaniya termasi Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o‘zaro kuch sinashmoqda. Unda Roberto va Nikola Mektich o‘zaro raqobatlashdi.
Ular o‘rtasidagi o‘yin 6:1, 6:3 hisobida ispan tennischisi foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa Ispaniya umumiy o‘yinda 1:0 hisobida oldinga o‘tib oldi.
Fikrlar