
Robert Uittakerga engilmas UFC jangchisi "vyzov" tashladi!
O‘rta vazn toifasidagi UFC jangchisi Kayo Borralyu (UFC, 7-0) sobiq chempion Robert Uittaker (UFC, 17-6) bilan jangga tayyorligini ma’lum qildi.
"Meni Uittakerga qarshi qo‘ying. Bu bahs mantiqan ham to‘g‘ri bo‘ladi. Mazkur to‘qnashuv uchun syurpriz tayyorlayman" - dedi braziliyalik "The Shmo" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Robert so‘nggi jangida Xamzat Chimaevdan 1-raundda sabmishn evaziya mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar