Robben "Bavariya"da shug‘ullana boshladi. U yana jamoaga qaytadimi?

  • 12 iyun, 2020, 22:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiyalik mashhur futbolchi Aren Robben “Bavariya” qarorgohida paydo bo‘ldi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, myunxenliklarning sobiq futbolchisi jamoa shifokori Xolger Broyx kuzatuvida shug‘ullangan. Robben bu bilan yana katta futbolga qaytishga harakat qilmoqchi emas, u shunchaki sport formasini saqlab turmoqchi.

Aren Robben 2009-2019 yillarda “Bavariya” sharafini himoya qilgan va 309 ta o‘yinda maydonga tushib, 144 ta gol hamda 101 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U o‘tgan yili faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!