Riyod-2025. Nigora Abdullaeva musobaqani 3 ta kumush medal bilan yakunladi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.
Yana bir og‘ir atletikachimiz Nigora Abdullaeva (-58 kg) delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi. Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqini 96 kg bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi va kumush medalga ega chiqdi.
Shuningdek, -58 kg vazn toifasida qatnashgan Abdullaeva siltab ko‘tarishda 118 kg, ikki kurashda esa 214 kg bilan har ikki dasturda 2-natijani qayd etdi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar