
Rimda yangi to‘purar paydo bo‘ldi
“Roma”ning bosniyalik hujumchisi Edin Jeko A Seriyaning navbatdagi uchrashuvida “Verona” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirish barobarida o‘z nomini Rim klubi tarixiga yozdirib qo‘ydi.
Gap shundaki, bu gol Jeko uchun “Roma”dagi 105-aniq zarba bo‘ldi va to‘purar hujumchi “Roma” tarixida eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchi sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord argentinalik Pedro Monfrediniga tegishli bo‘lib, u “Roma” safida jami 104 ta gol urgandi.
“Roma”ning jng ko‘p gol urgan futbolchisi esa Franchesko Totti hisoblanadi. Italiyalik hujumchi rimliklar uchun 307 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Fikrlar