Reshford ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha xavotirlanmoqdami?

  • 4 avgust, 02:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga ijara asosida o‘tgan Markus Reshford o‘zining ro‘yxatdan o‘tishi borasidagi savollarga javob berdi.

Tecno

"Ro‘yxatdan o‘tishim haqida tashvishlanmayapman. Bu masalani klub hal qilishi kerak deb o‘ylayman va buning amalga oshishiga ishonchim komil. Men mashg‘ulotlarga va mavsum boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rishga e’tibor qaratmoqdaman. Jamoaga va murabbiyga yaxshi moslashdim va moslashishni davom ettiryapman. 
 
Hamma Chempionlar Ligasini yutishni istaydi. O‘tgan mavsum ajoyib bo‘ldi, endi uni takrorlashga va g‘alaba qozonib, yanada yaxshiroq natijaga erishishga harakat qilishimiz kerak. Men turli pozitsiyalarda o‘ynay olaman, maydonning har qanday nuqtasidan gol ura olaman. Umid qilamanki, o‘tgan mavsumga qaraganda bir qadam oldinga siljib, Chempionlar Ligasini yutishga urinib ko‘ramiz. 

Barcelona's Marcus Rashford takes part in the warms up before the preseason friendly between Vissel Kobe and FC Barcelona at Noevir Stadium Kobe on...
 
Bu erda ko‘plab ajoyib futbolchilar bor, lekin men buni bu erga kelishimdan oldin ham bilardim. O‘yin sifati ham, sur’ati ham juda yuqori va biz buni butun mavsum davomida saqlab qolishimiz kerak", - deya ta’rif berib o‘tdi angliyalik hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!