
Reshford MYu bilan shartnomani uzaytirmasligi mumkin
"Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford klub bilan shartnomani uzaytirish masalasida o‘tkazilayotgan muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 21 yoshli angliyalik futbolchi MYu rahbariyati va murabbiylar shtabi uni kelajakda ham asosiy tarkib futbolchisi sifatida qarashiga to‘liq ishonch xosil qilmayapti. Mankuanliklar esa u bilan shartnomani 2022 yilga qadar uzaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Reshfordning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Ushbu kelishuvga ko‘ra shartnoma muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va 13ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar