Reshford "Manchester Yunayted"ga qanday talab qo‘ymoqda?

  • 16 iyun, 2019, 14:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi hujumchi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli angliyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan 4 yillik shartnoma imzolashga tayyor. Biroq, u yangi kelishuvga ko‘ra haftasiga 390 ming evro maosh talab qilmoqda.

Qayd etish lozimki, 27ta o‘yinda bor yo‘g‘i 2ta gol urgan Aleksis Sanchesning ayni damdagi haftalik maoshi 565 ming evroni tashkil etadi. Reshford hisobida esa 47ta o‘yinda 13ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, Reshford va MYu o‘rtasidagi kelishuv 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!