Reshford Evropa grandining fantastik maoshli taklifini rad etdi

  • 29 mart, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" haligacha Markus Reshford bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani yo‘q. The Athletic nashri xabariga ko‘ra, hozircha bu borada hech qanday o‘zgarishlar yo‘q, PSJ esa hujumchini faol kuzatishda davom etmoqda.

Tecno

Qayd etilishicha, PSJ muzokaralarning qaysidir bosqichida Reshfordga katta maosh taklif qilgan - haftasiga 400 ming funt. Biroq shunda ham Parij klubi Markusni transferga ko‘ndira olmagan. Agar "Manchester Yunayted" yaqin orada o‘z etakchisi bilan murosaga kela olmasa, PSJ uni qo‘lga kiritish uchun yangi urinishlar qilishi mumkin.

Markus Reshford joriy 2022/2023 yilgi mavsumda MYu safida jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 27 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 25 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!