Reshford AQShga ketib qoldi(mi)?!

  • 26 mart, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Markus Reshford jarohati sabab Angliya terma jamoasiga chaqirilmadi. Ko‘pchilik futbolchining Manchesterda davolanishini kutgandi, ammo uni Nyu-Yorkda ko‘rishdi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Reshford o‘zining qiz do‘sti bilan AQShga ketgan.

Tecno

Markus joriy 2022/2023 yilgi mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. U "Manchester Yunayted" safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Reshfordning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!