
Repper Jay-Z APL grandini ikki milliard funtga sotib olmoqchi
Rep yo‘nalishida ijod qiluvchi amerikalik ijodkor Londonning "Tottenxem" klubini 2 milliard funtga sotib olmoqchiligini ma’lum qildi.
"Shporlar"ning hozirgi egasi Jo Luis AQShda firibgarlik ayblovi bo‘ycha sudlanmoqda. Bu narsa ingliz klubini sotishga majbur qilishi mumkin.
Jay-Z Evropa futboliga qiziqadi va boshqa amerikaliklardan o‘rnak olib, Premer-liga klubini sotib olishi haqida o‘ylamoqda. Shu bilan birga, reper "Bruklin Nets" NBA basketbol klubining egasidir. Qayd etilishicha, "Tottenxem" bilan kelishuv summasi 2 milliard funtni tashkil qilishi mumkin.
Yakuniga etgan mavsumda "shporlar" 60 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rinni egalladi., 2023/24 yilgi mavsumda esa, 14 yil ichida birinchi marta evrokuboklarda o‘ynamaydi.
Fikrlar