"Real"ning sobiq futbolchisi Anchelottiga assistentlik qiladi

  • 2 iyun, 2021, 12:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Karlo Anchelotti "Real" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha, “Qirollik klubi”da italiyalik mutaxassisga jamoaning sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa assistentlik qiladi. Ushbu nomzod murabbiyga ham, klub rahbariyatiga ham ma’qul kelgan.

38 yoshli Arbeloa bungacha "Real" U-14 jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Aytish kerakki, ushbu yosh toifasidagi “Qirollik klubi” Arbeloa qo‘l ostida Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi.

Alvaro Arbeloa uchun “Real” begona emas. U 2009-2016 yillarda ushbu jamoa safida futbolchi sifatida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!