“Real”ning orzusi ro‘yobga chiqadigan bo‘ldi

  • 8 dekabr, 2020, 22:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” anchadan beri kutayotgan Eduardo Kamavinga nihoyat “Renn”dan ketishga qaror qildi. Avvalroq, frantsiyalik futbolchi jamoasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi edi.

Tecno

Yaqinda 18 yoshli futbolchi o‘z vaqtida Garet Beylni “Real”ga joylagan futbol agenti Jonatan Barnett bilan shartnoma tuzdi va uning oldiga qishki transferlar mavsumida “Real”ga o‘tishini ta’minlashni vazifa qilib qo‘ydi.

“Renn” Evropa grandlari nishonida turgan Kamavingani uzoq ushlab qola olmasligini bilgan holda uni qimmatroq narxga transfer qilishga urinadi. Ayni paytda futbolchining narxi 50-80 million evro o‘rtasida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!