"Real"ning muhim futbolchisi navbatdagi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 2 may, 18:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jud Bellingem "Selta"ga qarshi o‘yinda qatnashmasligi mumkin. Bu haqda "As" nashri xabar berdi.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Madridliklar yarim himoyachisi Bellingem sonidan jarohat olgan va o‘yinda ishtirok etishi shubha ostida qolmoqda. Angliyalik futbolchi to‘liq kuch bilan mashq qila olmadi va faqat jamoa bazasidagi mashg‘ulotlar bilan cheklandi.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi chempionatning 27 ta o‘yinida 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!