“Real”ning kuni arzon futbolchilarga qoldi

  • 22 yanvar, 2021, 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi ta’sirida yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli “Real” ham katta transferlarni amalga oshira olmay qoldi. Madridliklar tarkibni kuchaytirish uchun asosan arzon futbolchilarni tanlashga majbur bo‘lmoqda.

Tecno

Ayni paytda “Qirollik klubi” Serxio Ramosning o‘rnini bosish uchun markaziy himoyachi qidiryapti. Madridlik skautlar klub rahbariyatiga “Feyenoord”da to‘p tepayotgan  Markos Senesiga e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda.

23 yoshli argentinalik futbolchini madridliklardan tashqari “Milan”, “Napoli” va “Atalanta” ham o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Shu bois, “Feyenoord” ancha qimmat – 35 million evro atrofida badal puli talab qilyapti. Lekin mutaxassislar hozirgi sharoitda niderlandiyaliklar yaxshigina chegirma qilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda.

Joriy mavsumda Markos Niderlandiya chempionatida 17 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urishga ham erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!