
"Real"ning Beylni 100 million evroga sotish rejasi o‘xshamay qolishi mumkin
"Tottenxem"da ijara asosida to‘p surayotgan Garet Beyl atrofidagi vaziyat "Real" rahbariyatini o‘ylantirib qo‘ydi.
Madridliklar uelslik futbolchi "shporlar" safida o‘zini ko‘rsatishiga va klub yozda uni 100 million evroga sotib yuborishga umid qilayotgan edi, biroq hozir "qaymoqranglilar" Beylga xaridor topilmasligidan xavotir olmoqda.
Beylning "Real" bilan shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi. Joriy mavsumda xavbek londonliklar safida 11 ta o‘yinda 598 daqiqa maydonda harakat qildi.
Fikrlar