“Real”ga yangi bosh murabbiy topildi

  • 23 mart, 2021, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Qirollik klubi” rahbariyati yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Zinedin Zidan o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar jamoa boshqaruvini ayni paytda Germaniya terma jamoasini boshqarayotgan Yoaxim Lyovga topshirishni maqsad qilgan. Chunki tajribali mutaxassis Evropa chempionatidan keyin Bundestimdan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Zinedin Zidanning oldida ham qiyin vazifa turibdi. Frantsiyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoa Ispaniya chempionligi unvonini munosib qila olmasa yoki Evropa Chempionlar ligasida bosh sovringa ega chiqmasa, “Real”ga yangi bosh murabbiy taklif etiladi.

Avvalroq, Zinedin Zidan mavsum yakunlangach, o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishi va yain kelajakda Frantsiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!