"Real"ga qariya hujumchi kerak emas

  • 21 iyul, 2022, 22:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madridga Edin Jekoni sotib olishni taklif qilishdi. 

"Qirollik klubi"ni Marko Asensio hamda Borxa Mayoral tark etishi kutilayotgani tufayli jamoa ularga o‘rinbosar qidirish ishlarini davom ettirmoqda. Ular arzon, yosh hamda ishonchli o‘yinchi bilan shartnoma imzolash niyatida. 

"El Larguero" nashri bergan xabarga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ga Jekoni sotib olish taklifi berildi, ammo "Real" bunga darhol rad javobini berdi. 

Qayd etilishicha, ispan grandiga qariya futbolchi kerak emas. Bosniyalik o‘yinchi mart oyida 36 yoshni qarshi oldi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!