“Real”ga borib, Benzemani o‘rnini egallashga tayyorman!

  • 23 yanvar, 2023, 23:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlaxovich jamoadagi o‘rnidan norozi bo‘lmoqda va mavsum tugashi bilan Turinni tark etishga tayyor.

Tecno

Ma’lumki, “Yuventus”ning avvalgi rahbariyati moliyaviy firibgarliklarga yo‘l qo‘ygan va tekshiruv oqibatida ularning aybi isbotlanib, jamoadan 15 ochko olib tashlandi. Turin klubi kelasi mavsumda Evropa Chempionlar ligasiga chiqa olmaydi.

Dushan Vlaxovich o‘z agentlari orqali xizmatini “Real”ga taklif qildi. Madridliklar 35 yoshli hujumchi Karim Benzema o‘rniga kelajakda jamoaning asosiy to‘purari bo‘ladigan forvard qidirmoqda.

Vlaxovichda faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyati ham bor. Unga “Arsenal” va”Manchester Yunayted” kabi klublar hamkorlik taklif qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!